Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuman markaziga haydab kelingan qo‘ylar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Tuman markaziga haydab kelingan qo‘ylar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga 6000 bosh qo‘y haydab kelingani haqidagi video tarqalgani xabar qilingandi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat 2021-yil 6-aprel kuni soat 16:00larda sodir bo‘lgan.

Respublika Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan «Samarqand qorako‘l klaster» MChJ korxonasiga 151 ming gektar hamda  «SP LUXE» MChJ qo‘shma korxonasiga 197 243,4 gektar yaylov yer maydonlari ajratilgan.

Klaster «SP LUXE» MChJ va Qorako‘lcha massivida faoliyat ko‘rsatayotgan «Soxibkor Xojiakbar» fermer xo‘jaligi o‘rtasida 49 yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan bo‘lib, shartnomada 1450 bosh mayda shoxli mollarni boqish ko‘rsatilgan bo‘lsada, ushbu yer maydonida fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod chorva mollari boqilganligi «Qilichli» mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab bo‘lgan va klasterning 1450 bosh qo‘ylari mahalliy aholi tomonidan 2021 yil 6 aprel kuni soat 16:00larda tuman markaziga haydab kelingan.  

Shundan so‘ng, tuman hokimi, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i boshchiligida «SP LUXE» MChJ qo‘shma korxonasi ish boshqaruvchisi hamda fuqarolar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, «SP LUXE» MChJ rahbari «Soxibkor Xojiakbar» fermer xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilinishi mutassaddilar nazoratiga olingan.

Yuqoridagi kabi holatlar takrorlanmasligi maqsadida aholining chorva molllari uchun ayni vaqtlarda yuqoridagi klaster korxonalari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlariga mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etgan holda, birinchi navbatda qishloq aholisi chorva mollari uchun ajratilishi bo‘yicha kelishib olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring