O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib kelyapti
Joriy yil 10–13-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda qorga aylanadi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ayrim paytlarda kuchli bo‘ladi.
Shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi, 10-fevral kuni ayrim joylarda 20–23 m/s gacha yetishi mumkin.
Fuqarolardan ehtiyotkorlikka rioya qilish so‘raladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter