Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston tog‘larida o‘zbekistonlik sayyoh halok bo‘ldi

Qozog‘iston tog‘larida o‘zbekistonlik sayyoh halok bo‘ldi

Joriy yil 1-sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati FVBga 1996 va 1997-yillarda tug‘ilgan ikki nafar yigitning 31-avgust kuni Chimkentdan tog‘larga jo‘nab ketgani va qaytib kelmagani haqida xabar kelib tushgan. Qo‘ng‘iroq kelib tushganidan so‘ng darhol qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan.

Qo‘shni davlat FVBning bergan ma’lumotiga ko‘ra, qidiruv tadbirlari dengiz sathidan 2200 metr balandlikdagi Sayramsu cho‘qqisi hududida, Kaskasu qishlog‘idan 8 km uzoqlikda joylashgan Sayram-Ugom milliy tabiat bog‘i hududida o‘tkazildi.

Xavfli tog‘li hududlarda olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida FVB qutqaruvchilari sayyohlardan biri bilan ovozli aloqa o‘rnatgan va sayyoh sherigining, 1996-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining daraga tushib, halokatli tan jarohatlari olganini bildirgan.

Sayyohlarni qutqarish uchun Chimkentdan besh nafar professional alpinist jalb qilingan va ular yordamida bir nafar omon qolgan sayyoh, shuningdek, marhumning jasadi olib chiqilgan.

Manba: gov.kz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring