Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda ro‘y bergan dahshatli YTHda olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi (foto+video)

Qozog‘istonda ro‘y bergan dahshatli YTHda olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi (foto+video)

Foto: «TengriNews»

Bugun mahalliy vaqt bilan 04:30lar chamasida Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

«TengriNews» nashri xabariga ko‘ra, Sayotes qishlog‘i yaqinida «Oqtov – Beynov» avtoyo‘lida «Shacman» yuk mashinasi «Lada Largus» yengil avtomobili bilan to‘qnashib ketishi oqibatida «Lada Largus» haydovchisi va olti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea yuzasidan Qozog‘iston JKning 345-moddasi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

O‘zbekiston Fevqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra,  YTH oqibatida mashinada yong‘in sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning olti nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda. 

O‘zbekiston FVV tezkor raqamlari (+998 71) 147-10-50.

Qozog‘iston IIV FVK tezkor raqamlari +7 777 218-20-10 i +7 727 291-06-44.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring