Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqanddagi maktabda fojia. Mutasaddilar ishdan olindi

Samarqanddagi maktabda fojia. Mutasaddilar ishdan olindi

Samarqand shahrida joylashgan 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi, 12 yoshli J.H. shu yilning 4 may kuni taxminan soat 12:45 larda muassasaning orqa tomonidagi eski darvozadan sakrab o‘tayotganda darvoza ustiga qulab tushishi oqibatida vafot etgan.

Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilaridan birining «Kun.uz» nashriga ma’lum qilishicha, ikkinchi smenda o‘qiydigan J.H. maktabning orqa tomonidagi devorga o‘rnatilgan va qulflangan maktabning zaxira darvozasidan maktabga oshib o‘tish maqsadida unga osilganida darvoza tayanchlari qo‘zg‘alib, metall gardish uning boshiga kelib urilgan. Shahar xalq ta’limi bo‘limi mutasaddisining ta’kidlashicha, J.H. RShTYoIM Samarqand filialiga olib ketilayotganida «tez yordam» mashinasi ichida hayotdan ko‘z yumgan.

Xabarda aytilishicha, bir o‘quvchining o‘limiga sabab bo‘lgan nosozlikka yo‘l qo‘ygani uchun 71-maktab direktori va xo‘jalik ishlari mudiri o‘z vazifasidan ozod qilingan.

71-maktabning orqa qismida joylashgan nosoz darvozasi butunlay olib tashlangan va uning o‘rniga g‘isht terilgan.

Voqea yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring