Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodagi ikki qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Buxorodagi ikki qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Foto: Daryo.uz

Bugun, 31 yanvar kuni soat 08:23 da 112 tizimi orqali Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Tinchlik” MFY “Sho‘robod” ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uy xonodonlaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xabar berdi.

Voqea joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari hamda boshqa tegishli xizmatlar yetib borgan. Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz plitasidan foydalanish jarayonida sizib chiqqan gaz natijasida chaqnash sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

Vaziyat nazoratga olingan, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring