Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi belgilandi

Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi belgilandi

O‘zbekiston hukumatining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori bilan fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda fuqaroni yashash yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish uning ishtirokida amalga oshirilib, roziligi «Face-ID» yoki «Mobile-ID» tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Yangi tartibga muvofiq, fuqaro yangi yashash manziliga ko‘chib kelgan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishi shart.

Fuqarolar quyidagi usullar orqali murojaat qilishi mumkin:

  • vakolatli organlar;
  • Davlat xizmatlari markazlari;
  • «Aqlli» migratsiya shoxobchalari;
  • gov.uz portali;
  • «E-xabar berish» tizimi.

Shu bilan birga, qarorda ayrim hududlarda fuqarolarning erkin harakatlanishi va yashash joyini tanlash huquqi cheklanishi mumkinligi belgilangan.

Xususan:

  • chegara hududlarida;
  • yopiq harbiy shaharchalarda;
  • yopiq ma’muriy-hududiy tuzilmalarda;
  • favqulodda holat joriy etilgan hududlarda va boshqa maxsus hududlarda bunday cheklovlar qo‘llanishi mumkin.

Mazkur tartib fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va migratsiya hisobini aniq yuritishga qaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring