Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kursdoshini himoya qilaman deb jinoyatga qo‘l urdi

Kursdoshini himoya qilaman deb jinoyatga qo‘l urdi

Foto: «Pressa40.ru»

2021-yil 23-fevral kuni soat 19:30 larda voyaga yetmagan 17 yoshli Asrorbek X. Namangan shahri «Obi Hayot» MFYda joylashgan «Kichkintoylar bog‘i» yonidan o‘tib ketayotgandi. U yerda kursdoshi voyaga yetmagan 17 yoshli Jasurbek T.ni tanishi 19 yoshli Anvar N. qo‘li bilan urganligini ko‘rib qolgan. So‘ng «Sen nega meni litseydoshimni urding?» deb Anvar N.ni yuziga mushti bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada Anvar N. zarb kuchidan boshi bilan yerga yiqilib hushidan ketgan va bosh miya og‘ir darajadagi lat yeyishi, qon quyilishi, ensa suyagi, burun suyagi sinishi kabi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Asrorbek X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring