Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UZREPORT TV «Beeline»ni sudga berdi

UZREPORT TV «Beeline»ni sudga berdi

UZREPORT TV telekanali sudga murojaat qilishining sababi, «Unitel» MChJ («Beeline» savdo belgisi) kompaniyasi o‘ziga tegishli bo‘lgan «Beeline TV» mobil ilovasida UZREPORT TV bilan shartnoma tuzmasdan UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini namoyish qilib, moddiy manfaat ko‘rib kelmoqda.

Mazkur harakatlari bilan «Unitel» MChJ UZREPORT TV telekanalining qonuniy huquqlarini buzmoqda.

UZREPORT TV tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, «Unitel» MChJ kompaniyasi yuqorida ko‘rsatilgan xatti-harakatlarini bartaraf etish yuzasidan chora ko‘rmadi.

Suddan UZREPORT TV «Unitel» MChJ kompaniyasi «Beeline TV» mobil ilovasida UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini shartnoma tuzmasdan namoyish etmaslikni so‘ragan.

Ma’lumot uchun:

UZREPORT TV (FUTBOL TV) futbol bo‘yicha Yevropaning bir qator milliy chempionatlari (APL, La liga, Italiya A seriyasi), Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, shuningdek, Jahon va Yevropa chempionati kabi bir qator musobaqlarning O‘zbekiston bo‘ylab eksklyuziv translyasiya huquqi egasi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring