Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yollanma qotil orqali og‘ir jinoyatni rejalashtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Yollanma qotil orqali og‘ir jinoyatni rejalashtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirishga uringan shaxslar fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2002-yilda tug‘ilgan, 24 yoshli erkak Toshkent shahrida yashovchi tanishi bilan o‘rtasida kelib chiqqan nizo sababli uni o‘ldirish maqsadida yollanma qotil izlagan. U jinoiy rejani amalga oshirish uchun 2 200 AQSh dollari berishni va’da qilgan.

Olingan tezkor ma’lumot asosida Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat IIB hamda prokuratura xodimlari hamkorligida maxsus tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirga shartli yollanma qotil jalb etilgan.

Joriy yilning 27-yanvar kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida buyurtmachi shartli yollanma qotildan grimmlangan murda fotosuratini qabul qilib, unga 2 000 AQSh dollari bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor surishtiruvlar natijasida, qo‘lga olingan shaxs o‘z ish joyi bo‘lgan MChJning 30 yoshli rahbari — Toshkent shahrida yashovchi qarindoshi bilan oldindan mavjud nizolar va katta miqdordagi qarz sababli ushbu jinoyatga buyurtma bergani aniqlangan. Mazkur shaxs ham qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring