Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati hajmi 20 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati hajmi 20 trln so‘mdan oshdi

Foto: Xabar.uz

2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri keldi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, tarmoq hajmi 246,1 trln so‘mni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizlik o‘sish kuzatilgan. Bu mamlakatda sanoat mahsulotlariga talab va ishlab chiqarish quvvatlari kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida ham ijobiy dinamika saqlandi. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, tarmoq hajmi 20,3 trln so‘mga yetgan va 4,1 foiz o‘sish qayd etilgan.

Elektr energiyasi, gaz, bug‘ bilan ta’minlash hamda havoni konditsiyalash sohasida xizmat va ishlab chiqarish hajmi 21,3 trln so‘mni tashkil qildi.

Ushbu tarmoqda o‘sish sur’ati 3,1 foiz bo‘lgan. Bu iqtisodiyot tarmoqlarida energiya iste’moli ortishi va infratuzilma loyihalari ta’sir qilayotgani bilan izohlanmoqda.

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash sohasida esa 1,6 trln so‘mlik hajm qayd etildi. Bu yo‘nalishda o‘sish sur’ati 8,5 foizni tashkil qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring