Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biometrik pasport o‘rnini egallaydigan ID-kartaning «narxi» ma’lum bo‘ldi

Biometrik pasport o‘rnini egallaydigan ID-kartaning «narxi» ma’lum bo‘ldi

Foto: IIV axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni qayta ishlash va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingani haqida avval xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga hujjat egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsiya ID-kartasi beriladi.

Qayd etilishicha, ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi (198 ming 470 so‘m).

O‘zbekiston fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega. 2030-yil 1-yanvardan boshlab 2011-yildagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring