Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17-18-may kunlari amaliy tashrif bilan Boku shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Mazkur forum shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligi va uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.
Shuningdek, ushbu tashrif doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter