Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chilonzor tumani hokimi tasdiqlandi

Chilonzor tumani hokimi tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Sessiyada so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tumanda olib borilayotgan ishlar ko‘lamiga to‘xtalib o‘tdi va yangi hokim nomzodini deputatlarga tavsiya etdi.

Sessiyada Ichki ishlar tizimida uzoq yillar mehnat qilgan va 2019-yildan hozirgi vaqtgacha Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Mavlyanov Shavkat Tohirovich Chilonzor tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Shavkat Mavlyanov 1978-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1999-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, 2012-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi oliy akademik kursini tamomlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring