Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim viloyat gazetasini sudga berdi

Hokim viloyat gazetasini sudga berdi

Foto: «Xabar.uz»

Andijon tumani hokimi Ulug‘bek Isomiddinov viloyat hokimligining nashri – «Andijonnoma» ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyatini sudga berdi.

«Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, hokimning tahririyatga nisbatan «Maqolani qonun talablariga zid deb topish (? - tahr.) va raddiya chop etish majburiyatini yuklash haqida»gi da’vosi fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudi ish yurituviga qabul qilingan. Dastlabki sud majlisi 29 mayga belgilangani aytilmoqda.

Shu yil 2-mart kuni «Andijonnoma» gazetasida Ulug‘bek Isomiddinovning rahbarlik faoliyati haqida taniqli jurnalist Qobiljon Asqarovning «O‘zi xon, ko‘lankasi maydonmi?» sarlavhali tanqidiy maqolasi chop etilgandi. Yaxshigina shov-shuvlarga sabab bo‘lgan maqolada keyingi yillarda tuman tashkilotlarida bo‘y ko‘rsatayotgan kadrlar qo‘nimsizligi juda ko‘p sohalar, jumladan, qishloq xo‘jaligi rivojiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi, unumdor yer maydonlaridan boshqa maqsadda foydalanish holatlari, fuqarolar murojaatiga e’tiborsizlik, ta’lim tizimidagi qoloqliklar xususida jiddiy iddaolar ilgari surilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, maqola chop etilgach, hokim tahririyatga raddiya mazmunida xat yo‘llagan. Biroq tahririyat qator asoslar keltirgan holda hokimning talabini rad etgan.

Shundan keyin tuman hokimi sudga murojaat qilgan ko‘rinadi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali voqealar rivojini kuzatib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring