Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqcha to‘langan soliq summasi qaytariladi

Ortiqcha to‘langan soliq summasi qaytariladi

Foto: «Xabar.uz»

Soliq to‘lovchining boshqa soliqlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmaganda ortiqcha to‘langan soliq summalari qaytariladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarish uchun soliq to‘lovchi soliq organlariga ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarish haqidagi ariza bilan murojaat qilishi lozim.

Arizaga to‘lov hujjatining (chek, kvitansiya) nusxasini ilova qilish mumkin.

Ortiqcha to‘langan soliqni qaytarish haqida ariza elektron soliq xizmatlari portali orqali berilishi ham mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish va ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarish 15 ish kunidan oshmasligi kerak.

Ortiqcha to‘langan soliq summasi soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish orqali qaytariladi.

Ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarish rad etilganda yoki qaytarish haqida qaror qabul qilinmaganda soliq to‘lovchi sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring