O‘zbekiston Eron xalqiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi
O‘zbekiston hukumati tomonidan Eron xalqiga insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yog‘i, konservalar, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yuki Eron tomoniga yetkazildi.
Insonparvarlik yuklarini qabul qilib olishda Eronning Daregaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron tashqi ishlar vazirligining Xuroson Razaviy viloyatidagi idorasi rahbari, vazir maslahatchisi Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtabo Ruzbexani ishtirok etgan.

Eron rasmiylari ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami va yuksak e’tibor uchun O‘zbekiston prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi. Ular mazkur tashabbusni ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash an’analarining yorqin ifodasi ekanini ta’kidladilar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter