Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga qariyb yarim million afg‘onistonlik tijorat maqsadida keldi

O‘zbekistonga qariyb yarim million afg‘onistonlik tijorat maqsadida keldi

O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet elliklar soni 2,2 barobarga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami 446,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 247,8 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshgan.

2025-yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Afg‘oniston — 415 577 nafar

Tojikiston — 17 962 nafar

Turkmaniston — 9 048 nafar

Rossiya — 728 nafar

Qozog‘iston — 589 nafar

Turkiya — 587 nafar

Boshqa davlatlar — 2 355 nafar.

Avvalroq 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 050,3 trln so‘mni tashkil etgani xabar berilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring