Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev OOKning 46-Bosh assambleyasida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev OOKning 46-Bosh assambleyasida ishtirok etadi

Bugun, 26-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etadi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovga ko‘ra, davlatimiz rahbari tadbirda nutq so‘zlab, kengash va xalqaro sport tashkilotlari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. 

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval ilk marta Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani hamda tashrif buyuradigan yuqori martabali mehmonlarni munosib kutib olish, tashkiliy, axborot va xavfsizlik masalalarini muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirish bo‘yicha qator muhim vazifalar belgilab olingani xabar qilingan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring