Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qator sohalarga soliq imtiyozlari belgilandi

Qator sohalarga soliq imtiyozlari belgilandi

Foto: «Xabar.uz»

Qonun (O‘RQ-785-son, 26.07.2022-y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgani haqida xabar berilgandi.

Soliq kodeksida quyidagi imtiyozlar belgilandi:

Chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, ko‘ngilochar joylarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar – 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi;

Tadbirkorlar 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha maydoni 5 ming kv/m dan ko‘p savdo komplekslari va mehmonxonalar, ular egallagan yerlar bo‘yicha quyidagilarga haqli:

  • mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha stavkalarga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga;
  • foyda solig‘ini hisoblashda 2 yillik mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritishga.

Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvargacha barcha soliqlardan (QQS va ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi.

Charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring