Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi shaxs IIV saytidagi ro‘yxatdan o‘chirildi, ammo buning sababi ma’lum qilinmadi

Qidiruvdagi shaxs IIV saytidagi ro‘yxatdan o‘chirildi, ammo buning sababi ma’lum qilinmadi

Illyustrativ surat.

Fotokollaj: «Xabar.uz»

Prezident qaroriga muvofiq Musayev Behzod Anvarovich O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. O‘quvchilarimizga Behzod Musayev shaxsi va faoliyati haqida ko‘proq axborot berish maqsadida ma’lumotlarni qidirayotib, tasodifan Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida xuddi shu ismdagi O‘zbekiston fuqarosi qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida turganini aniqlaganimiz haqida  ma’lum qilgan edik.

O‘zbekiston IIV rasmiy saytidan skrinshot

IIV saytidagi xabarga ko‘ra, qidirilayotgan shaxs 1973 yilning 12 dekabrida tug‘ilgan. U Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «A» bandi, 175-moddasi 2-qismi «A» bandi, 178-moddasi 3-qismi, 179-moddasi, 184-moddasi 3-qismi, 205-moddasi 2-qismi «A» bandi bilan ayblanib, qidiruvga berilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytga kelib, IIV saytidagi mu ma’lumot o‘chirilgan. Biroq buning sabablari, shuningdek, qidiruvdagi shaxs Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Musayev Behzod Anvarovich bilan bitta odammi yoki boshqa-boshqa shaxslar ekaniga hech bir izoh berilmagan.

O‘zbekiston IIV rasmiy saytidan skrinshot

Eslatib o‘tamiz, «Xabar.uz»ning aynan shu mazmundagi so‘roviga Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati rahbari bu haqda ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgan, xabar saytga joylanayotgan vaqtda esa IIV matbuot xizmati bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring