Qidiruvdagi shaxs Xorvatiyadan O‘zbekistonga keltirildi
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Xorvatiyadan olib kelindi.
O‘zbekiston hamda Xorvatiya Interpol Milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlik uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining Zagrebdan ekstraditsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Ekstraditsiya Interpol Zagreb Milliy markaziy byurosi bilan yaqin hamkorlik va faol o‘zaro hamjihatlik, shuningdek O‘zbekistonning Vengriyadagi konsulligi tomonidan ko‘rsatilgan har tomonlama ko‘mak tufayli mumkin bo‘ldi.
Ekstraditsiya Interpol Zagreb Milliy markaziy byurosi bilan yaqin hamkorlik, shuningdek, O‘zbekistonning Vengriyadagi Konsulligining har tomonlama ko‘magi tufayli amalga oshirildi, deyiladi IIV xabarida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter