Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda qariyb yarim milliardlik soxta alkogol aniqlandi

Samarqandda qariyb yarim milliardlik soxta alkogol aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Samarqand viloyatida 440 mln so‘mlik qalbaki alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro B.F.ga tegishli omborxonada umumiy bahosi 440 mln so‘m bo‘lgan 86 turdagi jami 16 960 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring