Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimiz bo‘ylab namozxona va tahoratxonalar quriladi

Yurtimiz bo‘ylab namozxona va tahoratxonalar quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan mehmondo‘stlik darajasi va ob’yektning sanitar normalar va qoidalariga, mahsulotning turi va sifati, xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha boshqa talablarga muvofiqligi hamda xodimlarining malakasini tasdiqlovchi «Tourist Friendly» («turistlarga do‘stona») tizimi bo‘yicha turizm sanoati ob’yektlarini ixtiyoriy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.

Moddiy madaniy meros ob’yektlari hududlarida joylashgan, diniy tadbirlar va marosimlar, namoz o‘qish va ibodat uchun mo‘ljallangan diniy binolarga tashrif buyurgan shaxslardan to‘lov undirish taqiqlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi «Vaqf» xayriya jamoatchilik jamg‘armasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekiston turizm magistrali» (Xonobod-Mo‘ynoq) bo‘ylab turistlar uchun zarur infratuzilma ob’yektlari (kafe, savdo nuqtalari, ma’lumot burchagi, dam olish va ko‘ngilochar joylar, tahoratxona va namozxonalar) yaratish bo‘yicha Islom taraqqiyoti banki mablag‘larini jalb qilish masalasi ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Davlat turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston musulmonlar idorasi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:

- turistlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida jamoat joylarida tahorat va ibodat qilish joylariga xos namunaviy talablar;

- ziyorat qadamjolarida bo‘lish, madaniy va ibodat binolarini ziyorat qilish qoidalari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring