Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan dunyodagi ilk mamlakat barcha karantin cheklovlarini bekor qildi

Bugundan dunyodagi ilk mamlakat barcha karantin cheklovlarini bekor qildi

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern.

Foto: «Time»

Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan oxirgi bemor tuzalib chiqdi. Orol-davlat barcha karantin cheklovlarini bekor qildi, faqat chegaralar hozircha ochilmaydi.

Bosh vazir Jasinda Ardern  8-iyunda ma’lum qilganidek, seshanba, 9-iyunga o‘tar kechasi soat 00:00 dan mamlakat milliy xavf darajasining to‘rtinchisidan birinchisiga o‘tdi.

Bugundan barcha jamoat va xususiy tadbirlari cheklanmagan tartibda o‘tkazila boshlanadi, chakana savdo va mehmonxona biznesi odatiy ish tartibiga o‘tadi, jamoat transporti ishi to‘liq tiklanadi.

Mamlakatda ikki haftadan beri birontayam koronavirus holati qayd etilgan emas.

Ma’lumot uchun: Yangi Zelandiyada epidemiya davrida koronavirusni yuqtirish holatlari 1504 tani tashkil etib, 1482 nafar (98,5 foiz) bemor sog‘ayib chiqdi, 22 kishi (1,5 foiz) vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring