Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Moderna bilan emlash boshlandi

Toshkentda Moderna bilan emlash boshlandi

AQShdan O‘zbekistonga 3 million doza Moderna vaksinasi olib kelingani haqida avval xabar berilgandi.

«Vaksina.uz» kanalining yozishicha, Toshkent shahridagi ayrim oilaviy poliklinikalarda mazkur vaksinasi bilan emlash ishlari boshlangan.

Ta’kidlanishicha, vaksinani saqlash sharoitlariga qat’iy rioya qilinmoqda.

Ushbu vaksina ikki dozada qilinadi. Oraliq davr — 28 kun.

«Mazkur vaksinani istalgan odam o‘z oilaviy poliklinikasida olishi mumkin. O‘zingiz bilan pasport nusxasini oling. Poliklinikaga borishdan avval qo‘ng‘iroq qilib, vaksina kelgan-kelmaganini aniqlashtiring», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, JSST ekspertlar guruhi Moderna vaksinasining virusga qarshi 94,1 foiz samarador ekani qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring