Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ota aliment o‘rniga 2 xonali uy berdi

Andijonda ota aliment o‘rniga 2 xonali uy berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 2021-yil avgustidagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.M.dan undiruvchi M.A. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Byuroning Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan mazkur ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari olib borilib, aliment to‘lovlari o‘z vaqtida undirilib kelingan. Qarzdor B.M 42 mln so‘m aliment pullarini to‘lash bilan birga farzandlarining kelajagi uchun yanada barqarorroq va manfaatli yechimni taklif qildi.

Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishib, B.M. ikki nafar farzandlari voyaga yetgunga qadar to‘lanadigan aliment pullari o‘rniga Oltinko‘l tumani, Markaz mahallasidagi ko‘p qavatli uylardan 2 xonali xonadonni undiruvchi M.A. nomiga rasmiylashtirib berdi.

Ushbu holat farzandlar manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ygan, mas’uliyatli va ijobiy yondashuv namunasi sifatida e’tirof etiladi. Bunday amaliy kelishuvlar nafaqat sud va ijro jarayonlarini yengillashtiradi, balki bolalarning barqaror muhitda o‘sishiga ham xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring