1-martdan elektromobil haydovchilari rag‘batlantiriladi
O‘zbekistonda elektromobillar infratuzilmasini tezlatish va “yashil transport”ni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi choralar belgilanmoqda. Prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026-yilgi davlat dasturida quvvatlash stansiyalaridagi tarifdan tortib, elektromobilda taksi qiladiganlar uchun yengilliklar, hatto ekologik tashabbuslargacha aniq vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan.
1-martdan boshlab elektromobilda taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qator qo‘llab-quvvatlash choralari kiritiladi:
— ijtimoiy soliqdan 10 foizgacha chegirma beriladi;
— davlat tashkilotlariga qarashli avtoturargohlarda, jumladan aeroport va vokzallardagi parkovkalarda 30 daqiqagacha bepul turishga ruxsat etiladi;
— qoidabuzarlik va YTH sodir etmasdan 1 million kilometr masofada taksi xizmati ko‘rsatgan fuqarolarga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni topshiriladi.
Mazkur choralar O‘zbekiston Prezidenti farmoni asosida joriy etilmoqda. Rejaga ko‘ra, 2026 yil yakuniga qadar 300 ming nafar elektromobil taksichi faoliyat yuritishi va atmosfera ifloslanishi 7% ga kamayishi kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter