Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yil davomida Toshkent ko‘chalarida qancha qoidabuzarliklar sodir etildi?

2018-yil davomida Toshkent ko‘chalarida qancha qoidabuzarliklar sodir etildi?

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l patrul xizmati 2018-yil davomida jami 778 mingdan ziyod qoidabuzarliklar aniqlagan, bulardan 160 mingtasi qo‘pol qoidabuzarliklar, 3041 nafar haydovchilar transport vositasini mast holda boshqarganligi, 9000 nafar haydovchilar svetoforning taqiqlovchi qizil chiroqlariga bo‘ysunmaganligi tashkil etadi. Bu haqda YHXB  matbuot xizmati xabar berdi.

26311 nafar haydovchilar to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzganligi uchun chora ko‘rilgan. Shuningdek, 339627 nafar haydovchilar xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlanganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ta’kidlash kerakki,  Toshkent shahar IIBB YHXB oldinroq bir xaftalik qoidabuzarlik statistikasiga oydinlik kiritgandi. 

Shuningdek, Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda MIB ish yurituvidagi ijro hujjatlari qarzdorliklari undiruvi bo‘yicha qo‘shma reyd-tadbir ham o‘tkazgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring