Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yilda qancha maydonga paxta ekilishi ma’lum bo‘ldi

2019-yilda qancha maydonga paxta ekilishi ma’lum bo‘ldi

2019-yilda g‘o‘zani navlari bo‘yicha joylashtirish va paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror ko‘ra 2019-yilda 1 mln. gektardan oshiq yer maydoniga paxta ekish rejalashtirilgan.

Hokimliklar va tegishli mas’ul tashkilotlarga 2019-yilda paxtadan qisqartirilgan yer maydonlariga paxtani qayta joylashtirmaslik bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

2019-yil hosilidan yetishtiriladigan o‘rta tolali g‘o‘zaning 2-sanoat navi 1-klass paxta xomashyosining har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining o‘rtacha narxi 4 000 000 so‘m etib belgilandi.

Andijon viloyatida 2019-yilda paxta hosili uchun 50 ming gektar maydonda plyonka ostiga chigit ekiladi.

2019-yil paxta hosili uchun ekishga mo‘ljallangan urug‘lik chigit «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati yoki paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotlari tizimi doirasida realizatsiya qilinganda yoki fermer xo‘jaliklariga sotilganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.  

Paxta — to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ekilishi belgilangan g‘o‘za navlarini mustaqil ravishda joylashtirish huquqi berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring