Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

23-mart. Vengriya mustaqillikka erishdi, elektr lampochkasi uchun patent, darvoza to‘rlari, Mejdurechensk fojiasi va boshqa muhim voqealar

23-mart. Vengriya mustaqillikka erishdi, elektr lampochkasi uchun patent, darvoza to‘rlari, Mejdurechensk fojiasi va boshqa muhim voqealar

Fotokollaj: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Jahon meteorologiya kuni.

Voqyea-hodisalar

  • 1841-yil — Richard Bierd Londonda Yevropadagi birinchi fotoateleni ochdi. Bir yil avval shunga o‘xshash muassasa Aleksandr Uolkott tomonidan Nyu-Yorkda ishga tushirilgandi.
  • 1848-yil — Vengriya Avstriyadan mustaqil bo‘lib chiqdi.
  • 1876-yil — rus muhandisi Pavel Yablochkov elektr lampochkasi uchun patent oldi.
  • 1891-yil — futbol darvozalarida ilk marta to‘r ishlatildi. O‘shanda Angliyada mamlakatning Shimol va Janub terma jamoalari maydonga tushgandi.
  • 1956-yil — birinchi islom respublikasi — Pokiston yuzaga keldi.
  • 1983-yil — sobiq ittifoqning ultrabinafsha teleskopi — «Astron» ishga tushirildi.
  • 1994-yil — «Aeroflot» aviakompaniyasining «A-310» samolyoti Mejdurechensk osmonida halokatga uchradi.
  • 2001-yil — «Mir» orbital stansiyasi Tinch okeanining janubida, Fiji orollari yaqinida cho‘ktirib yuborildi.
  • 2007-yil — «Transaviaeksport» aviakompaniyasining «Il-76» samolyoti Mogadishoda halokatga uchradi.

Tavallud kunlari

  • 1749-yil — Per-Simon Laplas, fransuz astronomi, matematik (1827-yili v.e.).
  • 1881-yil — Roje Marten dyu Gar, fransuz yozuvchisi, 1937-yilgi Nobel mukofoti laureati (1958-yili v.e.).
  • 1887 -yil — Xuan Gris, ispan rassomi va haykaltaroshi, kubizm asoschilaridan biri (1927-yili v.e.).
  • 1910-yil — Akira Kurosava, yapon kinorejissyori (1998-yili v.e.).
  • 1912-yil — Verner fon Braun, nemis olimi, raketasozlik asoschisi (1977-yili v.e.).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring