Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 ta viloyatda IIB boshlig‘i o‘rinbosari almashdi

3 ta viloyatda IIB boshlig‘i o‘rinbosari almashdi

Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida bir qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalsha oshirilgan. Xususan:

  • podpolkovnik Baxodirxuja Sharipov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — tergov boshqarmasi boshlig‘i;
  • podpolkovnik Jurabek Xojanov Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari;
  • podpolkovnik Axmadjan Pulatov Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, quyidagi tumanlarda IIB boshliqlari almashgan.

  • Kogon tumani ichki ishlar bo‘limiga mayor G‘olibjon Jalilov;
  • Kitob tumani Ichki ishlar bo‘limiga podpolkovnik Abbos Uzoqov;
  • Yangiyo‘l shahar Ichki ishlar bo‘limiga podpolkovnik Sherzod Mamanov;
  • Yangiyo‘l tumani Ichki ishlar bo‘limiga podpolkovnik Anvar Sultanov;
  • Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar bo‘limiga mayor Iskandarbek Rashidov;
  • Ohangaron shahar Ichki ishlar bo‘limiga mayor Dilshod Mirzaraxmedov boshliq bo‘lgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring