Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abramovich «Chelsi» mehmonxonasini tibbiyot xodimlari ixtiyoriga topshirdi

Abramovich «Chelsi» mehmonxonasini tibbiyot xodimlari ixtiyoriga topshirdi

Foto: «RIA Novosti»

Londonning «Chelsi» futbol klubi xo‘jayini Roman Abramovich koronavirus tufayli «Stemford Bridj» jamoasi stadionidagi mehmonxonani Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) xodimlariga topshirdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

NHS bu taklifni qabul qildi. NHS xodimlarining yashashi uchun ketadigan xarajatlarni ham Abramovich o‘z zimmasiga olgan. Mehmonxona ikki oy davomida NHS ixtiyorida bo‘ladi, keyin esa muddat vaziyatga qarab qaytadan ko‘rib chiqiladi. NHS xodimlari uchun ajratiladigan xonalar soni hali noma’lum, lekin butun mehmonxona ularga xizmat qilishi ehtimoldan xoli emas.

Koronavirus tufayli ko‘pgina tibbiyot xodimlari uzaytirilgan smenada ishlashayotgani va uyiga yetib borolmayotgani yoki ishga yetib borish uchun uzoq yo‘l bosishiga to‘g‘ri kelgani bois shunday qarorga kelingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring