Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aholini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi boshlandi

Aholini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi boshlandi

Bugun mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi — an’anaviy, ya’ni xonadonma-xonadon yurib ro‘yxatga olish jarayonlari rasman boshlandi.

Birinchi bosqich — onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari belgilangan muddatlarda o‘tkazildi va unda respublikada mavjud jami xonadonlarning 82,3 foizida istiqomat qiluvchi 30 milliondan ortiq aholi ro‘yxatdan o‘tdi.

Ikkinchi bosqich doirasida, 2026-yilning 4–28 fevral kunlari ro‘yxatga oluvchilar — ya’ni mahalla yettiligi vakillari xonadonma-xonadon yurib, onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichida ishtirok etmagan, yoki savolnomalarni xato va kamchiliklar bilan to‘ldirgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritadilar.

Ayrim holatlarda birinchi bosqichda onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan fuqarolar xonadoniga ham registratorlar tashrif buyurishi mumkin. Bu, odatda, onlayn savolnomada ma’lumotlar xato yoki kamchiliklar bilan kiritilgani bilan bog‘liq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring