Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Abdualiyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Alisher Abdualiyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Alisher Abdualiyev.

Foto: image.ua

O‘zbekistonning Ukraina va Moldovadagi elchisi bo‘lgan Alisher Abdualiyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Alisher Abdualiyev — Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) bitiruvchisi hisoblanadi. Mehnat faoliyatini 1989-yili ushbu OTMning siyosiy iqtisod kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan.

1992-yildan 1995-yilgacha Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida, 1992—2012-yillarda Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2006-yili «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Ushbu tayinlovga qadar 2012-yildan buyon O‘zbekistonning Ukraina va Moldovadagi elchisi bo‘lgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring