Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anvar qori Tursunovning o‘rniga Toshkent shahriga vaqtinchalik bosh imom-xatib tayinlandi

Anvar qori Tursunovning o‘rniga Toshkent shahriga vaqtinchalik bosh imom-xatib tayinlandi

Foto: «vakillik.uz»

Bugun 14-may kuni Toshkent shahridagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida Toshkent shahar imom-xatiblarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda muborak Ramazon oyiga tayyorgarlik ishlarini yakunlash, bu oyni dinimiz ko‘rsatmalari hamda azaliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o‘tkazish masalalari ko‘rildi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov hozir betob bo‘lib turganliklari sababli Ramazon oyida diniy sohada ayni ish hajmining ortishi, ko‘plab tadbirlar va xayrli loyihalarda mas’ullik yuklatilishi munosabati bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari Ergash Rustamovni vaqtincha O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy hazratlarining buyrug‘i o‘qib eshittirildi.

Ma’lumot uchun: Ergash Rustamov 1959-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 

1996-yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tamomlagan;
1996-1997-yillarda – Toshkent islom instituti prorektori vazifasida ishlagan;
1996-2012-yillarda – Toshkent shahar Chilonzor tumani «Sobitxon hoji» masjidi imom-xatibi;
2006-2010-yillarda – Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari;
2012-2017-yillarda – O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyati vakili, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi;
2017-yildan – Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘rinbosari va Chilonzor tumanidagi «Sobitxon hoji» jome masjidji imom xatibi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Yodingizda bo‘lsa, Toshkent shahar va «Minor» masjidi bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirib, operatsiya qilingani hamda bir necha kun koma holatida yotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Anvar qori Tursunov 5-may kuni komadan chiqqani haqida yozgan edik. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring