Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aprel oyida kutilayotgan ehtimoliy ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Aprel oyida kutilayotgan ehtimoliy ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» kelayotgan aprel oyida qanday ob-havo kutilishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Ushbu yilning aprel oyi bahor fasli uchun xos bo‘lgan beqaror ob-havo bilan boshlanadi. 

Oyning birinchi o‘n kunligida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Yog‘ingarchiliklar mahalliy (lokal) xususiyatga ega bo‘lib, ular hamma joyda va har kuni ham kuzatilmaydi. 

Masalan, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 1-3-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Aprel oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ayrim kunlarda, har bir o‘n kunlikda 1-3 kundan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 

Oy davomida havo harorati ancha yuqori fon ko‘rsatkichlarida: kechalari 12-17 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 27-32 daraja iliqdan 15-20 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Aprel – yil davomida eng nam oylardan biridir. Yomg‘ir, odatda momaqaldiroq va kuchli shamollar bilan tez-tez kuzatiladi. Respublikaning shimolida, eng chekka janubida va cho‘l hududlarda o‘rtacha oyiga 5 kundan 8 kungacha yog‘ingarchilik qayd etiladi, tog‘larga yaqinroq hududlarda esa yog‘ingarchilik kuzatiladigan kunlar soni 9-13 gacha ko‘payadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring