AQSh rasmiylari mashhur hind milliarderiga nisbatan tergovni yakunladi
AQSh rasmiylari hind milliarderi Gautam Adani va uning kompaniyasi Adani Group’ga qarshi poraxo‘rlik, firibgarlik va sanksiyalarni buzish ayblovlari bo‘yicha tergovni yakunlamoqda, deb xabar beradi CNBC.
2026-yil 18-may kuni AQSh G‘aznachilik departamenti uning asosiy kompaniyasi Adani Enterprices’ga qarshi ishni ko‘rib chiqdi. AQSh regulyatori kompaniyaning Dubayda joylashgan savdogardan suyultirilgan neft va gazini sotib olganini, ta’minot Erondan kelib chiqqanligi haqidagi ko‘rsatmalarni e’tiborsiz qoldirganini ta’kidladi va qonunbuzarliklarni jiddiy deb atadi. Bundan tashqari, AQSh Adliya vazirligi o‘tgan hafta Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi biznesmenga qarshi fuqarolik da’vosini hal qilganidan so‘ng, jinoiy firibgarlik ayblovlarini bekor qilishga qaror qildi.
2024-yil noyabr oyida Nyu-York federal sudi Adanini va yana yetti kishini quyosh energiyasi shartnomalarini ta’minlash uchun hind rasmiylariga 250 million dollardan ortiq pora berganlikda aybladi. Sudlanuvchilar amerikalik va xalqaro investorlarni 3 milliard dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishda chalg‘itganlikda ayblanmoqda. AQSh sud ayblovlarining bekor qilinishi, o‘tgan yilning sentyabr oyidagi holatiga ko‘ra, sof qarzi taxminan 32 milliard dollarni tashkil etgan Adani Group kompaniyasiga infratuzilmani kengaytirish rejalarini amalga oshirish uchun xalqaro kapital bozorlariga qaytishga yordam berishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiya (CEC) Qo‘shma Shtatlardagi asosiy moliyaviy bozor regulyatori bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunlarni amalga oshiradi va investorlarning huquqlarini himoya qiladi. Agentlik ommaviy kompaniyalar, birjalar va brokerlarning faoliyatini nazorat qiladi va firibgarlik yoki bozorni manipulyasiya qilish uchun fuqarolik da’volarini qo‘zg‘atish vakolatiga ega.
2023-yilda milliarder Hindenburg Research investitsiya-tadqiqotlar kompaniyasi Adani Group konglomeratini ko‘p sonli moliyaviy buzg‘unchiliklarda ayblaganidan so‘ng uch kunda 72 mlrd dollar yo‘qotgandi.
Kapital bozori - bu kompaniyalar va hukumatlar aktsiyalar va obligatsiyalarni chiqarish va sotish orqali uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qiladigan moliyaviy sektor. Xalqaro kapital bozorlariga kirish yirik biznesga xorijiy banklardan katta miqdordagi kreditlar va yirik loyihalarni rivojlantirish uchun mablag‘lar olish imkonini beradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter