Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh: Rossiya Eronga razvedka ma’lumotlari bermayotganini aytdi

AQSh: Rossiya Eronga razvedka ma’lumotlari bermayotganini aytdi

AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, Vashington Rossiya tomonidan Eronga razvedka ma’lumotlari uzatilmayotgani haqidagi bayonotni inobatga olmoqda.

U CNBC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya rahbariyati 9-mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon suhbati davomida bu ayblovlarni rad etganini ma’lum qildi.

«Ularning so‘zlariga ishonish mumkin. Umid qilamizki, ular bunday ma’lumotlarni uzatmayapti», – dedi Uitkoff.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 9-mart kuni u va Trampning kuyovi Jared Kushner Rossiya prezidenti maslahatchisi Yuriy Ushakov bilan alohida telefon orqali muloqot qilgan. Ushakov ham Rossiya Eronga razvedka ma’lumotlari bermayotganini takrorlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Washington Post nashri manbalariga tayanib, Rossiya Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi kemalari, samolyotlari va harbiy bazalari haqida ma’lumot bergan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring