Argentinalik siyosatchi jonli efirda to‘satdan vafot etdi

Argentinalik siyosatchi Ernan Damiani jonli efir vaqtida vafot etdi, deb xabar beradi Pagina 12 portali.
Radikal fuqarolik ittifoqi partiyasining 66 yoshli a’zosi teledebat chog‘ida vafot etdi. U to‘satdan hushini yo‘qotib, yiqilib tushdi.
Shifokorlar uni vaqtida qutqara olmadilar.
2022-yilda Britaniyaning GenX Radio Suffolk radiostansiyasi boshlovchisi Tim Gougx jonli efirda vafot etgandi. U qo‘shiq aytayotganda o‘zini yomon his qildi va ko‘p o‘tmay vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter