Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Armaniston prezidenti qirolicha Yelizaveta II bilan xayrlashuv marosimida «axloqsizlik» qildi (video)

Armaniston prezidenti qirolicha Yelizaveta II bilan xayrlashuv marosimida «axloqsizlik» qildi (video)

Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning dafn marosimida odob-axloq qoidalarini buzgan.

The Sun gazetasining yozishicha, Vaagn Xachaturyan 18-sentyabr kuni Londondagi Vestminster saroyida tashkil qilingan marosimda Yelizaveta II ning tobuti yonida marhuma qirolicha bilan xayrlashuvning belgilangan qoidalarini buzgan holda suratga tushgan. Bu esa nafaqat tashkilotchilarning, balki, boshqa britaniyaliklarning ham nafratiga sabab bo‘lgan.

Nashrga ko‘ra, Armaniston prezidentini yordamchilaridan biri suratga olgan. Yuqorida qayd etilgan voqea, The Sun gazetasiga ko‘ra, marhumlar bilan xayrlashuv marosimlarida ilk marta kuzatilgan.

London meri Sodiq Xonning aytishicha, shahar qirolichaning dafn marosimiga bir milliongacha odam kelishiga tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14-sentyabrdan beri britaniyaliklar Vestminster-xollda marhuma qirolicha bilan xayrlashish uchun navbatda turishibdi. Kutish vaqti 16 soatgacha cho‘zilayotgani aytilmoqda. Yelizaveta II ning dafn marosimi bugun, 19-sentyabr kuni Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring