Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Artistlarni ommaviy tadbirlarga chaqiradigan firmalar uchun soliq keskin kamaytirildi

Artistlarni ommaviy tadbirlarga chaqiradigan firmalar uchun soliq keskin kamaytirildi

Foto: «Uz24.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 14-may kuni «Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, 2018-yil 1-iyundan konsert-tomosha ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 30 foizdan 5 foizgacha pasaytiriladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga 91-ilovaning rus tilidagi matnida 4-pozitsiyasi «Stavki naloga v % k nalogooblagayemoy baze» ustunidagi «30» raqami «5» raqami bilan almashtiriladi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S.Sayfullayev va «O‘zarxiv» agentligi bosh direktori U.B.A’lamov zimmasiga yuklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring