Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomaktablar uchun yagona elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi

Avtomaktablar uchun yagona elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi

Hukumatning 2018-yil 31-maydagi 408-sonli avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur o‘zgarish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, o‘quv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga o‘quv tashkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ta’limni bitirganlik haqida yagona namunadagi elektron guvohnoma shakllantiriladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnomalar o‘quv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ma’lumotlari asosida DYHXX Yagona axborot tizimining «e-avtota’lim. uz» moduli orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga «e-avtota’lim. uz» moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnomalar uchun yig‘im undirilmaydi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring