Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi

Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi

Joriy yil 20-noyabrdagi PF–222-son farmon bilan 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga qator imtiyozlar beriladi. 

Jumladan:

  • safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi;
  • «Yoshlar daftari» jamg‘armalari orqali:
  • avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining «A», «B», «D» va «DE» toifalarini olish uchun to‘lab beriladi;
  • kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
  • ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring