Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA fuqarolari O‘zbekistonga kirishi uchun vizasiz tartib joriy etildi

BAA fuqarolari O‘zbekistonga kirishi uchun vizasiz tartib joriy etildi

Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2019 yil 20 martdan Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirganidan 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilandi.

O‘zbekistonga ish yuzasidan keladigan BAA fuqarolariga bir yillik ko‘p martalik vizalar O‘zbekistonning chet eldagi muassasalarida 3 ish kunida rasmiylashtiriladi.

Bunda O‘zbekistondagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etish talabi bekor qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring