Bir yilda 4 mingga yaqin o‘zbekistonlik ayol Turkiyada turmushga chiqdi
Turkiya statistika boshqarmasi (TUIK) 2025-yilgi nikohlar statistikasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Turkiyada turmush qurgan chet ellik kelinlar soni bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari ikkinchi o‘rinni band etdi.
O‘tgan yili jami 28 646 nafar chet ellik ayol Turkiyada turmushga chiqqan. O‘ziga xos reytingida birinchi o‘rinni Suriya fuqarolari (13,8 foiz) band etdi. O‘zbekistonlik kelinlar sal farq bilan ikkinchi o‘rinda — 13,7 foiz yoki qariyb 3 925 nafar.
Keyingi o‘rinlarda — Marokash (9,6 foiz), Ozarbayjon (6,8 foiz) va Rossiya (5,7 foiz) fuqaroligiga ega bo‘lgan kelinlar.
O‘tgan yili Turkiyada 5 347 nafar xorijlik erkak oila qurgan. Chet ellik kuyovlar reytingini ham Suriya boshqarmoqda (20,9 foiz). Keyingi o‘rinlarda — Germaniya (18,8 foiz), Afg‘oniston (5 foiz), Avstriya (4,8 foiz) va Ozarbayjon (4,7 foiz). Turkiyadagi xorijlik kuyovlar reytingi yetakchi o‘ntaligida o‘zbeklar yo‘q.
Statistika, shuningdek, Turkiyada ilk bor nikohdan o‘tish yoshi ulg‘ayganini ko‘rsatmoqda. Hozirda erkaklar o‘rtacha 28,5 yoshda, ayollar esa 26 yoshda oila qurmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter