Bokuda ikki qavatli metro qurilmoqda

Ozarbayjon poytaxti Bokuda ikki qavatli metro qurilmoqda.
Metroning B-4 stansiyasi kelgusi yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi, u ikki qavatli bo‘ladi, dedi «Boku metropoliteni» vakili Mamed Rizayev.
Ma’lum qilinishicha, B-4 stansiyasida qurilish yakuniga yetkazilmoqda — ishlarning 80 foizi bajarib bo‘lingan.
Bu binafsharang yo‘nalishning beshinchi, metroning 28-stansiyasidir. Stansiya Haydar Aliyev nomidagi sport majmuasi va Klinik tibbiyot markazi oralig‘ida joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter