Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun saylov. Shavkat Mirziyoyev ham ovoz berdi

Bugun saylov. Shavkat Mirziyoyev ham ovoz berdi

Foto: «President.uz»

Bugun, 24-dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2017-yil 29-avgustda qabul qilingan «Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonun poytaxtimiz tumanlarida xalq deputatlari Kengashlarini tuzish uchun tashkiliy-huquqiy imkoniyatlar yaratdi.

Toshkent shahar tumanlarida xalq deputatlari Kengashlarini tuzish tumanlar darajasida mahalliy budjetlarni, hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini ko‘rib chiqish hamda qabul qilish, ularning ijrosini nazorat qilish, Kengashlar sessiyalarida tumanlarda joylashgan mahalliy davlat organlari rahbarlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari va axborotlarini tinglash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq masalalarni o‘z vakolatlari doirasida hal etish imkonini beradi.

Ovoz berish jarayonida qatnashayotgan barcha siyosiy partiyalar va o‘zini o‘zi boshqarish organlari Toshkent shahrining 11 tumanida tashkil etilgan 330 saylov okrugiga bittadan nomzod ko‘rsatdi.

Mazkur saylovdagi eng muhim yangiliklardan biri shuki, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi qaroriga muvofiq Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov davomida Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati axborot tizimi huquqiy eksperiment sifatida amaliyotga tatbiq etildi.

Saylov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring