Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Senat yalpi majlisida qanday masalalar ko‘riladi?

Bugun Senat yalpi majlisida qanday masalalar ko‘riladi?

Foto: «Uza.uz»

Bugun – 2019-yil 28-fevral kuni Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi. Majlisda 23 masala ko‘rib chiqiladi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Ko‘rib chiqiladigan masalalar ichida «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida», «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida», «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida»gi qonunlar bor. Shuningdek, ayrim qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi hamda ayrim xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilishga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axboroti, Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti to‘g‘risidagi masalalar muhokama etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bilan bog‘liq qonun hujjatlari ijrosi holati hamda ushbu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan parlament so‘rovi yuborish, shuningdek Bosh vazir o‘rinbosarlariga jismoniy shaxslar ko‘chmas mulk ob’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni soliqqa tortishga doir qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohada huquqni qo‘llash amaliyoti hamda umumta’lim maktablari darsliklarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligi yuzasidan parlament so‘rovlari yuborilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring