Buxoroda 52 ta «radar»ga tushgan haydovchi 30 million to‘laydi
Vobkent tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i nomiga olingan «Kobalt» avtomashinasini yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan boshqarib kelgan. Natijada respublika bo‘ylab «sayohati»da 52 ta «radar»ga tushgan. Buning evaziga «Kobalt»ning chekiga 30 million so‘mdan ortiq ma’muriy jarima hisoblangan.
Biroq, qoidabuzar ogohlantiruvchi xabarlarga qaramay, talablarni mensimagan va jarimalarni barataraf etmagan. Jarimalar o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli ish Majburiy ijro byurosiga o‘tkazilgan. Majburiy ijro Byurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ixtiyor Olimov «Xabar.uz»ga bu haqda ma’lum qilar ekan, sud hujjatlarini bajarish har qanday idora, tashkilot uchun qonun ustuvorligining eng muhim kafolatlaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.
Katta inspektorning so‘ziga ko‘ra, avtomashinani olib chiqish uchun barcha jarimalar to‘liq to‘lanishi shart. Aks holda, kunlik jarima maydonchasi to‘lovi hamda kredit to‘lovlari ortib boraveradi.
Ayni paytda avtomashinaga ta’qiq qo‘yilgan va «Kobalt» jarima maydonchasiga joylashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter